"Yangi Angren IES" AJ Bosh direktori lavozimiga tanlov e'lon qilinadi

60

E'LON

"Yangi Angren IES" AJ Bosh direktori lavozimiga tanlov e'lon qilinadi

            O‘zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qarori, Korporativ boshqaruv kodeksi, Jamiyat ustavi, "Yangi Angren IES" AJ ijroiya organi rahbari va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazish to‘g‘risidagi reglament, shuningdek, "Yangi Angren IES" AJ yagona aksiyadorining 2026-yil 5-avgustdagi 3-2026-son qarori asosida, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida "Yangi Angren IES" AJ Bosh direktori lavozimiga ochiq tanlov e'lon qilinadi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda belgilangan talablarga javob beradigan xorijiy davlatlar fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

  • tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma'lumotga yoki yuridik yoxud iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lish;
  • so‘nggi o‘n yil davomida iqtisodiyot va energetika sohalarida rahbarlik lavozimlarida kamida ikki yil uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • aksiyadorlik jamiyatiga samarali rahbarlik qilish hamda qabul qilinayotgan qarorlar oqibatlari va Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olish;
  • iqtisodiyot va ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha yetarli bilim hamda kompetensiyaga ega bo‘lish;
  • korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish bo‘yicha amaliy tajriba va bilimlarga ega bo‘lish;
  • davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari (KPI)ni bilish;
  • korxona hamda raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • o‘zbek va rus tillarini erkin bilish, ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi;
  • Jamiyatning moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • Jamiyatning iqtisodiy dasturlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlashni tashkil etish, tasdiqlangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlash hamda axborotning ishonchliligi va maxfiyligini ta'minlash;
  • moliyaviy-xo‘jalik faoliyati jarayonida kelib tushadigan e'tiroz va da'volarni ko‘rib chiqishni ta'minlash hamda ularni amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etish choralarini ko‘rish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini mukammal bilish;
  • korporativ boshqaruvning usullari va tamoyillarini amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • kasbiy etika va xizmat muomalasi madaniyatining yuqori darajasiga, diplomatik yondashuvga ega bo‘lish;
  • intizomlilik, halollik, adolatlilik, tanqidiy fikrlash, prinsipiallik, qat'iyatlilik, tashabbuskorlik va mas'uliyatlilik fazilatlariga ega bo‘lish;
  • murakkab va favqulodda vaziyatlarda tezkor hamda asoslangan qarorlar qabul qila olish;
  • kompyuter texnologiyalaridan erkin foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Lavozim vazifalari

  • Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik holatini yaxshilash va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash choralarini ko‘rish;
  • Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish, uning samarali va barqaror faoliyat yuritishini ta'minlash;
  • Jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes-rejalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilish, ularning ijrosini tashkil etish va nazorat qilish;
  • Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
  • xodimlarning ijtimoiy kafolatlari hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash;
  • amaldagi qonunchilik, normativ-huquqiy hujjatlar va Jamiyatning ichki hujjatlari talablariga rioya etilishini ta'minlash;
  • korxonani rivojlantirishning istiqbolli rejalari, rekonstruksiya va modernizatsiya dasturlari, atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga rahbarlik qilish.

Taqdim etiladigan hujjatlar

  • tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza;
  • motivatsion xat va batafsil rezyume (CV);
  • pasport yoki ID-kartaning nusxasi;
  • oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom hamda mehnat daftarchasi nusxasi (yoki Yagona milliy mehnat tizimidan (YaMMT) ko‘chirma);
  • korxonani rivojlantirish bo‘yicha qisqacha konsepsiya (biznes taklif);
  • sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma'lumotnoma.

Hujjatlarni topshirish tartibi va muddatlari

Hujjatlar "Tanlov uchun" degan belgi qo‘yilgan muhrlangan konvertda yoki elektron shaklda qabul qilinadi.

Manzil:
Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Nurabod shaharchasi, "Yangi Angren IES" AJ ma'muriy binosi.

Elektron pochta:
info_yangiangren@tpp.uz

Ma'lumot uchun telefonlar:
+998 (71) 236-60-84
+998 (70) 645-60-95

            Nomzodlardan hujjatlar mazkur e'lon ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kuni davomida qabul qilinadi.

            Tanlov komissiyasi hujjatlarni qabul qilish muddati yakunlanganidan so‘ng 5 (besh) ish kuni ichida ularni ko‘rib chiqadi.

            Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan hujjatlar va takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

            "Yangi Angren IES" AJ yagona aksiyadori