Jamiyat boshqaruv organlari:
• Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
• Kuzatuv kengashi
• Ijroiya organi (Bosh direktor)
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik Bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.Boshqaruv vakolatiga Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Bosh direktor Jamiyatning kundalik faoliyatini boshqaradi va operativ rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashining qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
Bosh direktor Qonun va mazkur Ustavga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi qarorlari bajarilishini tashkil etadi va ularga hisobot beradi.