“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 76-1-moddasi talablarini amalga oshirish maqsadida “YANGI ANGREN IES” AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga 2 (ikkita) mustaqil a’zo tanlov asosida jalb etiladi.
Nomzodlar o‘z arizalarini e’lon qilingan kundan boshlab
10 (o`n) kalendar kuni ichida quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
ariza (erkin shaklda);
rezyume (CV);
pasport nusxasi;
diplom nusxasi;
kamida 5 yillik energetika sohasida ish tajribasi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
tanlov hujjatlariga muvofiq taqdim etilishi lozim bo‘lgan boshqa qo‘shimcha hujjatlar.
Taqdim etilgan hujjatlar Jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan tartibda atroflicha ko‘rib chiqiladi va nomzodlarning professional salohiyati hamda qonunchilikda nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi baholanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi, ayniqsa energetika sohasida amaliy faoliyat yuritgan bo‘lishi alohida ustunlik hisoblanadi;
Halollik, mas’uliyat va korporativ boshqaruvning zamonaviy talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
Takliflar va hujjatlar Jamiyat joylashgan manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Nurobod shahriga yoki elektron tarzda info_yangiangren@tpp.uz manziliga yuborilishi mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin: Kommutator: 71)236-60-84 ichki nomer 24-491