«Yangi Angren IES» AJ Komplayens xizmati tomonidan Kimyo sexi rahbar va xodimlari ishtirokida «ISO 37301:2021 “Komplayens boshqaruv tizimlari” xalqaro standarti, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablarining amaliyotda qo‘llanilishi» mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda komplayens boshqaruv tizimini joriy etishning ahamiyati, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, rahbar va xodimlarning huquq hamda majburiyatlari, shuningdek ISO 37301:2021 va ISO 37001 xalqaro standartlari talablarini amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida Kimyo sexi faoliyatiga xos bo‘lgan kimyoviy reagentlarni xarid qilish va hisobini yuritish, laboratoriya tahlillarining xolisligi, moddiy boyliklar harakati, shartnomalar ijrosi hamda ichki nazorat jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya xavflari muhokama qilinib, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, qonunchilik va ichki korporativ hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilish, komplayens madaniyatini yanada yuksaltirish hamda jamiyatda ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlash muhimligi alohida ta’kidlandi.



