Elektr sexida komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

8

«Yangi Angren IES» AJ Komplayens xizmati tomonidan Elektr sexi rahbar va xodimlari ishtirokida «ISO 37301:2021 “Komplayens boshqaruv tizimlari” xalqaro standarti, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablarining amaliyotda qo‘llanilishi» mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbir davomida komplayens boshqaruv tizimining asosiy tamoyillari, rahbar va xodimlarning huquq hamda majburiyatlari, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ichki nazorat tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Seminarda elektr sexi faoliyatiga xos bo‘lgan korrupsiya xavflari, jumladan elektr uskunalari va ehtiyot qismlar bilan bog‘liq jarayonlar, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, shartnomalar ijrosi hamda moddiy boyliklar hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ISO 37301:2021 standarti talablarini amaliyotga izchil tatbiq etish, qonunchilik va ichki korporativ hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilish hamda komplayens madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.