2-Qozon-turbina sexida komplayens madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan seminar tashkil etildi

4

«Yangi Angren IES» AJ Komplayens xizmati tomonidan 2-Qozon-turbina sexi rahbar va xodimlari ishtirokida komplayens boshqaruv tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi. Seminarda ISO 37301:2021 «Komplayens boshqaruv tizimlari» xalqaro standarti, O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi va «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilarga rahbar va xodimlarning komplayens sohasidagi mas’uliyati, halollik tamoyillari va korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida 2-Qozon-turbina sexi faoliyatiga xos bo‘lgan korrupsiya xavflari tahlil qilinib, ularni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, ichki nazorat tizimini mustahkamlash hamda shaffof boshqaruv tamoyillarini yanada keng joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglanib, komplayens madaniyatini yuksaltirish va qonunchilik talablariga og‘ishmay rioya qilish barqaror faoliyatning muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi.