1-Qozon-turbina sexida komplayens sohasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

231

«Yangi Angren IES» AJ Komplayens xizmati tomonidan 1-Qozon-turbina sexi rahbar va xodimlari ishtirokida «ISO 37301:2021 “Komplayens boshqaruv tizimlari” xalqaro standarti, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablarining amaliyotda qo‘llanilishi» mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda ISO 37301:2021 standartining asosiy talablari, komplayens boshqaruv tizimining ahamiyati, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda rahbar va xodimlarning mazkur sohadagi huquq va majburiyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida 1-Qozon-turbina sexida ta’mirlash ishlarini tashkil etish, ehtiyot qismlar va materiallar harakati, texnik nazorat, shartnomalar ijrosi hamda kadrlar bilan bog‘liq jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya xavflari muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, komplayens madaniyatini yanada yuksaltirish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va qonunchilik hamda ichki korporativ hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.