Gidrotexnik inshootlar sexida komplayens sohasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

153

«Yangi Angren IES» AJ Komplayens xizmati tomonidan Gidrotexnik inshootlar sexi rahbar va xodimlari ishtirokida «ISO 37301:2021 “Komplayens boshqaruv tizimlari” xalqaro standarti, O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi va «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablarining amaliyotda qo‘llanilishi» mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda komplayens madaniyatini yuksaltirish, korrupsiya xavflarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda rahbar va xodimlarning mazkur sohadagi huquq va majburiyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida gidrotexnik inshootlar sexi faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavflar tahlil qilinib, ularni boshqarishning amaliy mexanizmlari, ichki nazorat tizimini kuchaytirish, qonunchilik va ichki korporativ hujjatlar talablariga qat’iy rioya etish, shuningdek ISO 37301:2021 standarti asosida komplayens boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.