Ayni kunlarda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida elektr stansiyalarida ishlab chiqarish jarayonlari va texnik nazorat ishlari yanada kuchaytirilgan holda olib borilmoqda. Jumladan, Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini havo liniyalari orqali barqaror uzatishni ta’minlash maqsadida 220/500 kV kuchlanishli havo elektr qurilmalari malakali mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinmoqda. Barcha texnologik jarayonlar belgilangan me’yor va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.
“Yangi-Angren IES” AJ Matbuot xizmati