
Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu sana yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va davlatimiz barqarorligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha mard va jasur insonlarga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tirof ramzidir. Bugungi kunda Vatan himoyasi nafaqat harbiy burch, balki har bir sohada mas’uliyat bilan mehnat qilish, yurt ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish orqali ham namoyon bo‘lmoqda.
“Yangi-Angren IES” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham mamlakatimiz energetika xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot barqarorligi va aholi farovonligi yo‘lida sharafli mehnat qilmoqda. Sizlarning kasbiy mahoratingiz, fidoyiligingiz va Vatanga sadoqatingiz tahsinga loyiqdir. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Tog‘mamat Saydullayevich Rajabov
“Yangi-Angren IES” AJ Bosh direktori