"Yangi Angren IES" AJ tanlov e’lon qiladi
ESG yo‘nalishi boshlig‘i
ESG bo‘yicha yetakchi mutaxassis
Tanlov taklifi quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak:
- nomzodning rezyumesi;
- nomzod diplomining nusxasi;
- malaka sertifikatining nusxasi;
- belgilangan hujjatlarga muvofiq taqdim etish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar
ESG yo‘nalishi boshlig‘i
Asosiy talablar:
• Iqtisodiyot, ekologiya, energetika, barqaror rivojlanish, menejment yoki tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumot.
• Barqaror rivojlanish, ekologiya, korporativ boshqaruv yoki energetika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
• ESG xalqaro standartlari va amaliyotlarini bilish (GRI, SASB, TCFD, CDP va boshqalar).
• ESG strategiyasini ishlab chiqish va kompaniyada ESG jarayonlarini joriy etish ko‘nikmalari.
• Davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari bilan o‘zaro hamkorlik tajribasi.
• Jamoani boshqarish, rejalashtirish va vazifalar bajarilishini nazorat qilish qobiliyati.
• Ingliz tilini Upper-Intermediate darajasidan past bo‘lmagan darajada bilish.
• A’lo darajadagi kommunikativ va tahliliy ko‘nikmalar.
Vazifalar:
• Kompaniyaning ESG strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• ESG bo‘yicha milliy va xalqaro darajadagi hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.
• ESG mutaxassislari jamoasini boshqarish.
• Kompaniyaning iqlim va ekologik maqsadlari bajarilishini monitoring qilish.
• ESG masalalari bo‘yicha investorlar, hamkorlar va tartibga soluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik.
ESG bo‘yicha yetakchi mutaxassis
Asosiy talablar:
• Iqtisodiyot, ekologiya, energetika, barqaror rivojlanish yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ta’lim.
• Barqaror rivojlanish, ekologiya yoki tahlil sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• ESG tamoyillari va xalqaro hisobot standartlarini bilish.
• Tahliliy materiallar va hisobotlarni tayyorlash tajribasi.
• Ingliz tilini Intermediate va undan yuqori darajada bilish.
• Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati va jamoaviy ishlashga tayyorlik.
Vazifalar:
• Kompaniyaning ESG ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish.
• ESG bo‘yicha hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash.
• Barqaror rivojlanish sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
• ESG ko‘rsatkichlarining bajarilishini monitoring qilish.
• Strategik vazifalarni amalga oshirishda ESG yo‘nalishi rahbarini qo‘llab-quvvatlash.
Yuqoridagi hujjatlarni ilova qilgan holda konvertda 22.09.2025-yil soat 15:00 gacha quyidagi manzilga yuboring:
Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Nurobod shahri yoki info_yangiangren@tpp.uz elektron shaklda.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni telefon orqali olishingiz mumkin
Kommutator 71 645-60-95; 71 236-60-84 ichki. 24 2-33.