“Yangi Angren IES” AJda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar

2698

     "Yangi Angren IES" AJ Ohangaron voxasida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi yagona energetika tizimiga kiradi. IES O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri, Angren shaxar va Olmaliq sanoat xududini elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.

      Bugungi kunga qadar loyiha ko‘zlanmagan  yuqori kaloriyali ko‘mirni (Qozog‘iston Respublikasi) yoqish bo‘yicha tajriba to‘plandi, buning natijasida energobloklarining iqtisodiy samaradorligi va ishonchliligi oshdi. 2022 yil uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish 4 709 690,88 ming kVt/soatni tashkil etdi , 2021 yilda esa 3 909 195,5 ming kVt/soatni tashkil etgan. Bu esa 2021yilga nisbatan  quvvatlar o‘sishi 800 ming kVt/soat oshganini ko‘rsatadi. "Yangi Angren IES" AJ  2022-yilda IES energetika qurilmalarini kapital va o‘rta ta’mirlash grafigiga ko‘ra, 2-sonli energoblok kapital ta’mir  va 3- sonli energoblok o‘rta ta’mir  qilindi.

       Ta’mirdan oldingi va keyingi asosiy texnik –iqtisodiy ko‘rsatkichlar

Ko‘rstakichlar nomi

Zavod

ma’lumotlari

Ta’mirdan

oldin

Ta’mirdan

keyin

Quvvat, MVt

300

180

200

Shartli yoqilg‘i sarfi, g/kVt.s

354,7

457,8

443,5

 

       Ishlab chiqarishdagi masalalar

- Mahalliy  va ishlab chiqaruvchilar korxonalar bilan tutun so‘rg‘ich va bagerniy nasoslari ehtiyot qismlarini  (dыmosos, bagernыe nasosы) xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

- Tabiiy gazni hisobga olish bo‘yicha amaldagi ГОСТ bo‘yicha 1,2- ГТП (gaz taqsimlash punkti) larda rekostruksiya ishlari olib borildi.

- Yoqilg‘i ta’minoti uskunalari ta’mirlandi, 2000 metrdan ortiq konveyer lentalari  xarid qilindi va almashtirildi, 40 foizdan ortiq  konveyer lentalarining valiklari almashtirildi.

- Stansiya avtoparki kapital ta’mirlandi, ShANTUI SD 32 buldozeri, vilkali yuk mashinasi, old yuk ko‘taruvchi mashina sotib olindi, ikkita buldozer kapital ta’mirdan chiqarildi, avtopark uchun ehtiyot qismlar, shinalar, akkumulyatorlar, radiatorlar va boshqalar xarid qilindi, uchta КРАЗ samosvallari tiklanib ishga tushirildi.

- barcha energobloklar  ШШУlari (shlaklarni chiqarish uskunasi)  uchun yangi reduktorlar sotib olindi;

- Ø530x12 mm o‘lchamdagi, jami 2832 m uzunlikdagi 1-4-sonli KQQ (kul qurum quvuri) almashtirildi;

- asosiy binoga ЛП-040-1K va ЛП-0621K markadagi ikkita yangi lift o‘rnatildi;

- qozonlar    12х1MФ  Ø32x6mm  o‘lchamdagi 11,5 tonna qozon quvurlari sotib olindi;

- qozonlar  uchun  st.20  Ø32x6mm o‘lchamdagi 11,0 tonna qozon quvurlari sotib olindi;

- tegirmon ventilyatorlari uchun АОДС-630-10У1 (630kvt, 600 aylanish, 6000V) tipdagi 6 ta elektrodvigatellar sotib olingan;

- tutun so‘rg‘ich ДОД-41-500 uchun 03.8262.036-02 chizmaga asosan 2 dona yo‘naltiriuvchi kuraklar(to‘plam) sotib olindi;

- tutun so‘rg‘ich  ДОД-41-500 uchun 2 dona yurgazuvchi qism va plastinkali mufta sotib olindi;

- 2700/6350/590 tipdagi tegirmon ventilyatorlari uchun o‘ng taraflama aylanuvchi  5 dona rotorlar sotib olindi;

- 2700/6350/590 tipdagi tegirmon ventilyatorlari uchun chap taraflama aylanuvchi  5 dona rotorlar sotib olindi;

- ПТН 1135-340-40 nasosi uchun 42 dona ehtiyot qismlar sotib olingan;

- AO2-20-83-12MУ1 tipdagi 1 dona asinxron elektrodvigateli sotib olingan;

- avtomatlashtirish va nazorat –o‘lchash asbooblari uchun ehtiyot qismlar sotib olindi;

- 03.8210.81 chizmaga asosan tutun so‘rg‘ich  ДОД-41-500 uchun  4 dona ishchi kolesolar (to‘plam) sotib olindi;

- K-300-240ЛМЗ markali bug‘ turbinasi uchun 42 dona  ehtiyot qismlar sotib olingan;

- sotib olingan yangi ПСМ-2-4 УХЛ tipdagi 1 dona moy tozalagichni o‘rnatildi;

- ПТН 1135-340 uchun 1 dona oqim qismi to‘plami bilan sotib olindi;

- R-65, R-50 markali relslardan 500 metrdan sotib olingan;

    Barcha aylanma mexanizmlar ishining ishonchliligini ta’minlash maqsadida АГАТ-М-ГИАМЕХ-200 markali tebranish o‘lchash moslamasi xarid qilinib, tebranish rostlagichlar guruhi ham shakllantirildi.

- Angren va Ohangaron yo‘nalishlarida kunduzgi va vaxta xodimlarini yetkazib berish uchun 2 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi;

- 2023-2025-yillarda qozonxonalarning elektrofiltrlarini modernizatsiya qilish, unumdorlikni 98,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

- Mavsumiy texnik suv ta’minoti uchun Ohangaron daryosi bo‘g‘zida nasos stansiyasi qurish rejalashtirilgan, ayni paytda pudratchini aniqlash bo‘yicha tender e’lon qilingan.

    Ijtimoiy masalalar, kadrlar bilan ishlash  - operativ va ta’mirlash texnik xodimlar uchun ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rstakichlar bo‘yicha muntazam o‘quv olib boriladi. Stansiyasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish va muhandislik xodimlari bilan to‘liq ta’minlangan:

- 2234 kishi texnik –iqtisodiy o‘quv kursidan o‘tgan –kishi/soat;

- yong‘in-texnik tayyorgarlik kamida 213 kishi;

- "ВИТИМ" simulyatorida 287 kishiga mashg‘ulot o‘tkazish;

- sexlarning  bayonnomalari asosida xodimlar malakasini oshirish jurnali joriy etilib, ro‘yxatdan o‘tkazilib boriladi;

- tuzilgan yillik jadval va tasdiqlangan dasturlar asosida stansiya xodimlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda;

- stansiya buyrug‘i  asosida sexlar mutaxassislari bilan birgalikda kollej va oliy o‘quv yurtlari tarbiyanaluvchilari uchun ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv- mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda;

- xodimlarning qish sharoitida, keskin sovuq sharoitida ishlashga safarbarlik tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rildi;

- jadvalga muvofiq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni bartaraf etish uchun tezkor xodimlar uchun favqulodda vaziyatlar va yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi;

- ishlarni bajarish jarayonida tezkor va ta’mirlash texnik xodimlar uchun maqsadli yo‘riqnomalar muntazam ravishda o‘tkaziladi.

- stansiya xodimlari barcha zarur himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlangan va oxirgi paytda quyidagilar sotib olingan:

1. Poyafzal-rezina etiklar - 695 juft

2. Poyafzal bolotniy etiklar - 4 juft

3. O‘rta qo‘njli erkaklar poyafzali - M-107700 juft

4. O‘rta qo‘njli ayollar poyafzali M-107 205 juft

5. Yuqori qo‘njli erkaklar poyafzali M-01 713 juft

6. Stropalshiklar uchun uchun metall qoplamali baland qo‘njli erkaklar etiklari M-01e. p. 55 juft

7. Issiq  kiyim  1 140 komp

8. Maxsus ish kiyimlari ITR (+ishchi) 1681 komp

9. Demi-mavsum kostyumi (kostyum+ kombinat) 24 komp

10. Kislota himoya kostyumi 48 komp

11. Payvandchi uchun ishchi kostyum 53 dona

12. Ishchi xalat  249 dona

13. Xavfsizlik yopiq ko‘zoynaklari 200 dona

14. Himoya shitoklari 72 dona

15. Payvandchi uchun shitoklar 65 dona

16. Gaz filtri -8 dona

17. Gaz niqobi- 70 dona

18. Polimer qoplamali  qo‘lqoplar -2000

19. Qurilish himoya kaskalari -510 dona

20. Kauchukli qo‘lqoplar KЩС -106 juft

21.Maxsus fartuklar KЩС -32 juft

22. Berushilar - 200 juft

   Ma’muriy va umumiy stansiya yordamchi binosining mebellarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Internet resurslaridan bepul foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish ustaxonalari uchun Internetga kirish imkoniga ega  kompyuterlar sotib olindi.

    Maishiy binoning dush xonalari ta’mirlandi, bugungi kunda yoqilg‘i uzatish sexining dushxonalarinilarida kosmetik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, stansiya hududida oshxonalar faoliyat yuritilagn bo‘lib, kunduzgi va smenali xodimlarni issiq ovqat bilan ta’minlamoqda.

    Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish har yili stansiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, shuningdek, stansiya hududida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan jihozlangan tibbiyot markazi ish olib bormoqda.

           Ish Haqi haqida ma’lumot

    2022 yilda stansiya uchun Mexnatga to‘lov fonddi 87 750 119 ming so‘mni, bu esa yil davomida o‘rtacha 1586 donani tashkil etdi. Yil davomida o‘rtacha oylik ish haqi 4 551 778 so‘mni tashkil etdi.

    Ish haqi fondiga, rasmiy ish haqi, rag‘batlantiruvchi xarakterdagi to‘lov,  muhim vazifalar uchun, ish staji, oziq-ovqat, mutaxassislar uchun ortib borayotgan koeffitsient, yubileylar uchun, nafaqaga chiqish munosabati bilan bir martalik, mahorat uchun qo‘shimcha to‘lovlar, kengaytirilgan xizmat ko‘rsatish hududi, ish hajmining oshishi, ratsionalizatorlik takliflar, sinfiylik, smenani qabul qilish, tungi ishlar, bayramlar, qo‘shimcha ish, dam olish kunlari, bayramlar uchun bir martalik mukofat puli, davolanish uchun moliyaviy yordam, og‘ir moliyaviy ahvol va ta’til kunlariga  kabi to‘lovlar kiradi.

    2022 yil uchun 15 iyuldan boshlab ish haqining 12% o‘sishi, 01.01.2023 yildan boshlab ish haqining 12% o‘sishi kuzatildi. Bu yil bayram kunlari uchun berilgan bir martalik mukofat puli  11 024 919 ming so‘mni tashkil etdi. (Navro‘z bayrami, Ramazon xayit, Mustaqillik kuni, elektr energiyasini ishlab chiqarish rejasini amalga oshirganligi uchun 2 marta 0,5 lavozim ish haqidan, Energetiklar kuni uchun).

    8-martga ayollar uchun 553 617 ming.sum.

    Yubiley sanalar uchun 122 500 ming.sum.

    Nafaqaga chiqish munosabati bilan bir martalik mukofot 117 487 ming so‘m.

    O‘ta  muhim vazifalar uchun mukofot 115,370 ming so‘m.

    Davolashnish uchun moddiy yordam  35307 ming so‘m.

    Og‘ir sharoitlilar uchunm moddiy yordam 1206 ming so‘m.

    Bundan tashqari boshqa daromadlar ham berildi, jumladan:

    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun 2 210 760 ming so‘m;

    Stansiya ishchi-xodimlari farzandlariga  Yangi yil sovg‘asi  uchun  253 727 ming so‘m;

    Yaqin qarindoshlari vafot etganda dafn qilish uchun moddiy yordam 29 878 ming so‘m;

    Xodim vafot yetgan hollarda moddiy yordam 7839 ming so‘m;

    Stansiya xodimlari farzandlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa uchun 12 720 ming so‘m miqdorida mukofot berildi.

    Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan stansiya ma’muriyati bilan birgalikda katta ishlar olib borilmoqda, jumladan;

   - 2022 yilda Buxoroga 49000 ming so‘m miqdorida turistik sayohatlar tashkil yetildi.

   - Sirk tamosha qilish safar(Humo-arenag .Toshkent) - 18000 ming so‘m;

   - "Navro‘z" va "Energetiklar kuni" ni nishonlash va konsert tashkil etish uchun - 48 800 ming so‘m;

  - Yangi o‘quv yiliga (birinchi sinf o‘quvchilari uchun)  yangi o‘quv- qurollari uchun - 24 648 ming so‘m;

  - Oziq-ovqat mahsulotlari (kam ta’minlangan 162 ishchi uchun)-41 348,9 ming so‘m;

  - Moddiy yordam ko‘rsatildi (180 nafar ishchilar) - 49 140 ming so‘m;

  - Sport musobaqalari ishtirokchilariga kiyim-kechak, sport anjomlari va qimmatbaho sovg‘alar uchun - 17 963 ming so‘m;

  - Energetiklar kuni munosabati bilan esdalik sovg‘alar uchun -32 540 ming so‘m;

  - Respublikamiz  sanatoriyalarida dam olish uchun (113 nafar xodim) – 325 179,6 ming so‘m.