Stansiyamizda mehnat unumdorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamoada o‘zaro hamjihatlik va do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida ishchilar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqalar qizg‘in ruhda o‘tkazilmoqda.
Musobaqalarda ishtirokchilar nafaqat o‘zlarining sport mahoratini namoyon etmoqda, balki halol raqobat, jamoaviy birlik va yuqori kayfiyat namunasini ham ko‘rsatmoqda. Bu kabi sport tadbirlari xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, ishchanlik ruhini mustahkamlash va mehnat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Barcha ishtirokchilarga omad, g‘oliblarga munosib zafar tilaymiz! Sport va sog‘lom turmush tarzi yo‘lidagi bunday tashabbuslar yanada kengayib borsin!





