“Yangi Angren IES” AJning Bosh direktori lavozimiga tanlov.

2711

“Yangi Angren IES” AJ Kuzatuv kengashining 2025 yil 2 apreldagi qaroriga muvofiq jamiyat Kuzatuv kengashi jamiyat Bosh direktori lavozimiga tanlov oʻtkazilishini eʼlon qiladi. Nomzodlarni tanlov asosida tanlab olish ““Yangi Angren IES” AJ Bosh direktorini tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisida”gi tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Nomzodlarga qo’yiladigan asosiy talablar:

• ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki yurisprudensiya yoki iqtisodiy bilimlar sohasida tamomlagan oliy ma’lumotga ega bo’lishi;

• so’nggi o’n yil ichida iqtisodiyot va energetika sohasida rahbarlik lavozimlarida ikki va undan ortiq yillik uzluksiz ish tajribasiga ega bo’lishi;

• sudlanmaganligi;

• korxonani boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida umumiy bilimlarga ega bo’lishi;

• iqtisodiyot va ishlab chiqarish texnologiyasi masalalarida vakolatli bo’lishi;

• korxonalardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish sohasida amaliy tajriba va bilimlarga ega bo’lishi;

• davlat ulushi bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to’g’risida bilimga ega bo’lishi;

• raqobatchi korxonalar faoliyati va harakatlarini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi;

• tillarni: o’zbek tilini - erkin bilishi, rus tilini - bilishi, ingliz tilini - bilishi - olqishlanadi;

• kompyuter savodxonligi bo’yicha ishonchli foydalanuvchi darajasidagi bilimga ega bo’lishi;

Nomzodlarning arizalariga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

- 3x4 fotosurat ilova qilingan so’rovnoma - pasport nusxasi;

- kasb-hunar ta’limi, shuningdek qo’shimcha kasb-hunar ta’limi, ilmiy daraja, ilmiy unvon berish to`g`risidagi hujjatlarning nusxalari (mavjud bo’lgan taqdirda);

- mehnat daftarchasining nusxasi yoki mehnat faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;

- sog’lig’ining holati to’g`risidagi tibbiy ma’lumotnoma;

Nomzodlarning hujjatlari e’lon qilingan kundan boshlab 7 kun ichida qabul qilinadi. Hujjatlarni koʻrib chiqish tanlov komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish tugaganidan keyin 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi;

 

Yangi Angren IES AJ Kuzatuv kengashining 02.04.2025 yildagi qarori.