ICHKI AUDITORLAR DIQQATIGA !

4128

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi” Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi Angren IES” AJ ichki audit xizmatiga sertifikatlangan ichki auditor tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar e’lon berilgan kundan boshlab 7 kun ichida quyidagi xujjatlarni ilova qilgan holda takliflarini yuborishlari kerak:

- ariza;

- rezyume;

- pasport va diplom nushalari;

- auditor va ichki auditor sertifikati nushasi;

- ish tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- tanlov xujjatlariga muvofiq taqdim etish uchun zarur bo‘lgan boshqa xujjatlar.

Auditorlar tomonidan berilgan takliflar o‘z navbatida jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

– O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumot.

– oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilda buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) ish staji;

- energetika sohasi haqida yetarli ma’lumot;

– auditorlik bo‘yicha maxsus ko‘nikmalarni bilish va qo‘llash qobiliyati, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini bilish (qo‘llab-quvvatlanadi).

Takliflar bo‘yicha Jamiyat joylashgan Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Nurobod shaharchasi yoki internetdagi yangiangren@mail.ru pochta manziliga murojaat qilish mumkin. Tel. 98 303 27 29, 99 725 08 82, 99 485 58 55,