“Yangi-Angren IES” aksiyadorlik jamiyatida “Barqaror rivojlanish, dolzarb ESG kun tartibi va iqlimga ta’sirni boshqarish” mavzusida o‘quv treningi tashkil etildi. Mazkur trening KPMG “Valuation, Consulting” MChJ bilan tuzilgan shartnoma doirasida tashkil qilinib, korxona faoliyatiga ESG (Environmental – atrof-muhitni muhofaza qilish, Social – ijtimoiy mas’uliyat, Governance – korporativ boshqaruv) tamoyillarini tizimli ravishda joriy etishga qaratildi.

Trening davomida ishtirokchilarga barqaror rivojlanishning zamonaviy yondoshuvlari, ESG standartlarining xalqaro talablari, iqlim o‘zgarishining sanoat korxonalariga ta’siri hamda ushbu ta’sirlarni samarali boshqarish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, korxona faoliyatida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar muhokama qilindi. Ushbu o‘quv treningning asosiy maqsadi — xodimlarning ESG yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, korxonada barqaror rivojlanish tamoyillarini keng joriy etish hamda faoliyatni xalqaro standartlar darajasiga mos ravishda takomillashtirishdan iborat.

“Yangi-Angren IES” AJda bunday tashabbuslarning amalga oshirilishi korxonaning ekologik va ijtimoiy mas’uliyatini yanada kuchaytirish, shuningdek, zamonaviy boshqaruv standartlarini joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
“Yangi-Angren IES” AJ Matbuot xizmati