Prezident Murojaatnomasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi

202

“Yangi-Angren IES” AJda Prezident murojaati muhokama qilinib, elektr energetika sohasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda energetika sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan murojaati ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi-Angren IES” aksiyadorlik jamiyatida maxsus muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishda 2025 yilda energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 85 milliard kilovatt-soatga yetkazishda issiqlik elektr stansiyalarining o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Prezident tomonidan 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi hamda beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan ekologik muvozanatni ta’minlash, “yashil” energetikani rivojlantirish va resurslardan oqilona foydalanish vazifalari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida:

issiqlik elektr stansiyasida atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish,

havoga chiqariladigan zararli moddalarni monitoring qilish tizimlarini joriy etish,

filtr va zamonaviy tozalash inshootlarini o‘rnatish,

energiya ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirish va resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash

kabi ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens nazoratini kuchaytirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida Prezident murojaatida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va ijroni qat’iy nazoratga olish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Yangi-Angren IES” AJ Matbuot xizmati